Bugun 8 fevral, 2026 yil, yakshanba

КИР

Boykot Ronaldu zarariga ishlamoqda: Krishtianu Saudiyada to‘purarlar poygasida uchinchi o‘ringa tushib ketdi

Boykot Ronaldu zarariga ishlamoqda: Krishtianu Saudiyada to‘purarlar poygasida uchinchi o‘ringa tushib ketdi

Krishtianu Ronaldu o‘yinlarni boykot qilayotgan bir paytda, uning to‘purarlar poygasidagi raqobatchilari gol urishda davom etmoqda. Yaqinda portugaliyalik futbolchi to‘purarlar ro‘yxatidagi peshqadamlikni "Al-Ahli" a’zosi Ayven Toniga boy bergan edi, endi esa portugaliyalik superyulduzdan "Al-Qodisiya" hujumchisi Xulian Kinyones ham o‘zib ketdi. Ronaldu hisobida hamon 17 ta gol mavjud, ingliz va meksikalik futbolchilar esa mos ravishda 19 va 18 martadan raqiblar darvozasini ishg‘ol qilishgan.

41 yoshli hujumchi shu yozda Saudiya Arabistonini tark etishi mumkin. Futbolchining hisoblashicha, Saudiya Arabistoni Suveren jamg‘armasi "An-Nasr"ga qaraganda "Al-Hilol"ga ancha ko‘proq yordam bermoqda, shu sababli chempionatda "halol raqobat" bo‘lishi imkonsiz.

Kiritildi: Bugun 10:53. O'qildi: 229 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!