Bugun 30 oktyabr, 2026 yil, juma

КИР

Bosniya va Gersegovinada Yevropa Ittifoqining harbiy vertolyoti quladi

Bosniya va Gersegovinada Yevropa Ittifoqining harbiy vertolyoti quladi

Bosniya va Gersegovinada Yevropa Ittifoqining harbiy kontingenti (EUFOR) vertolyoti Brchko shahri yaqinida halokatga uchradi.

Klix portali xabar berishicha, hodisa oqibatida uch kishi halok bo‘lgan, 12 kishi jarohatlangan.

«Brchko sog‘liqni saqlash markazi» jamoat salomatligi muassasasi direktori Yasmina Mexanovichning so‘zlariga ko‘ra, bir kishi og‘ir ahvolda.

«EUFOR bugun Brchko hududida rejali operasiya vaqtida baxtsiz hodisa sodir bo‘lganini va uning havo kemalaridan biri qulaganini tasdiqlaydi», — deyiladi tashkilot bayonotida.

Ma’lumotlarga ko‘ra, infratuzilmaga zarar yetmagan. Hodisa joyiga polisiya, yong‘in-qutqaruv xizmati va tez tibbiy yordam brigadalari yetib kelgan. Hudud o‘rab olingan. Hodisa yuzasidan tergov boshlangan.

Kiritildi: Bugun 09:30. O'qildi: 341 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!