Bugun 5 fevral, 2025 yil, chorshanba

КИР

Bosh Qomusimiz fuqarolarning ekologik huquqlari mustahkamlanishiga xizmat qiladi

Bosh Qomusimiz fuqarolarning ekologik huquqlari mustahkamlanishiga xizmat qiladi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligida 8 dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi hamda 10 dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan davra suhbati o‘tkazildi.

Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi bilan hamkorlikda tashkil qilingan tadbirda Ekologiya vaziri o‘rinbosari Jusipbek Kazbekov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, soha vakillari, vazirlik markaziy apparati hamda tizim tashkilotlari xodimlari ishtirok etdi.

Tadbir avvalida O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangradi. Shundan so‘ng tadbirni ochib bergan Jusipbek Kazbekov vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantiruvchi davlat ramzlari hamda Bosh qomusimizning xalqchilligi haqida so‘z yuritdi. Shuningdek, yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi jamiyatimizning kelgusidagi rivoji va ravnaqining ustuvor yo‘nalishlarini belgilab bergani bilan ahamiyatli ekanligi ta’kidlandi.

Qolaversa, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi ekologik partiya fraksiyasi a’zolari Navro‘zbek Yusupov va Baxtiyor Po‘latov tomonidan atrof-muhitni muhofaza qilishning konstitusiyaviy asoslari, davlat fuqarolarning ekologik huquqlarini ta’minlashi, atrof-muhitga zararli ta’sir ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida shaharsozlik faoliyati sohasida jamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratishiga doir konstitusiyaviy normaning belgilanishi bugungi kun davr talabi ekanligi qayd etildi.

Tadbir davomida xodimlarning yangi tahrirdagi Konstitusiya bo‘yicha savodxonligini oshirishga qaratilgan videoroliklar namoyish etildi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasida boy o‘tmishimiz, milliy an’ana va qadriyatlarimiz, tinchlik, osoyishtalik, millatlararo totuvlik va birodarlik kabi umuminsoniy tuyg‘ular tarannum etilganligi ta’kidlandi.

Ma’lumot uchun, yangi tahrirdagi Konstitusiyada tegishli moddalar orqali har kim qulay atrof-muhitga, uning holati to‘g‘risidagi ishonchli axborotga ega bo‘lish huquqiga egaligi, fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga majburligi, davlat fuqarolarning ekologik huquqlarini ta’minlash va atrof-muhitga zararli ta’sir ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida shaharsozlik faoliyati sohasida jamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratishi belgilab berilgan.

Kiritildi: 18:12 06.12.2024. O'qildi: 556 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!