Bugun 24 yanvar, 2026 yil, shanba

КИР

Bolgariya tarixida birinchi marta ayol kishi prezident bo‘ldi

Bolgariya tarixida birinchi marta ayol kishi prezident bo‘ldi

Bolgariya prezidenti lavozimini tarixda birinchi marta ayol kishi egalladi. Iliyana Yotova Rumen Radev o‘rniga rasman oliy lavozimda ish boshladi. Bu haqda Bolgariya milliy radiosi xabar berdi.

Bolgariyaning chuqur siyosiy inqirozdan chiqishiga ko‘maklashishni maqsad qilgan prezident Rumen Radev 19 yanvar kuni iste’foga chiqdi. Konstitusiyaviy sud tasdiqlovi bilan bilan Radevning vakolatlari rasman to‘xtatildi. U muddatidan ilgari o‘tkazilayotgan parlament saylovida qatnashishni rejalashtirgan.

61 yoshli Iliyana Yotova — Bolgariyaning 33-prezidenti. Bungacha vise-prezident edi. Yangi lavozimda u parlament partiyalari bilan maslahatlashgan holda saylov sanasini belgilashi shart. Bu so‘nggi besh yil ichidagi sakkizinchi saylovdir. Parlament kuchlari yangi hukumatni shakllantirishga noqobilligi sababli yangi saylov o‘tkaziladi.

Yotova 2007–2017 yillarda Yevropalament deputati sifatida faoliyat yuritgan. Terrorizmga qarshi kurash, Bolgariyaning Shengenga qo‘shilishi va migrasiya inqirozini hal qilish uning asosiy faoliyat yo‘nalishlari bo‘lgan. Vise-prezident paytida chet eldagi bolgar jamoatchiligi va bolgar tilini o‘rganish masalalariga alohida e’tibor qaratgan.

Kiritildi: Bugun 20:19. O'qildi: 316 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!