Bugun 24 yanvar, 2026 yil, shanba

КИР

"Taklif uchun minnatdormiz, biroq uni rad etishga majburmiz"

"Taklif uchun minnatdormiz, biroq uni rad etishga majburmiz"

Ispaniya Trampning G‘azo bo‘yicha “Tinchlik kengashi”ga a’zo bo‘lmagani sababini tushuntirdi

“Uzoq mulohazalardan so‘ng Ispaniya “Tinchlik kengashi”da ishtirok etmaslikka qaror qildi. Taklif uchun minnatdormiz, biroq uni rad etishga majburmiz. Mazkur kengash BMT doirasidan tashqarida faoliyat yuritadi. Unda Falastin milliy mamuriyati vakillari yo‘q. G‘azo va G‘arbiy sohil kelajagini falastinliklarning o‘zi hal qilishi lozim”, dedi Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches.

Ma’lumot uchun, AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan ta’sis etilgan Tinchlik kengashiga ko‘plab davlatlar taklif etildi va u xalqaro mojarolarni hal qilish uchun Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) bilan hamkorlik qilishini e’lon qildi. Kuni kecha nizomi imzolangan Tinchlik kengashiga jami 22 davlat, jumladan, AQSh ham a’zo bo‘lgan.

Kiritildi: Bugun 13:33. O'qildi: 712 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!