Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Bokschimiz WBC Grand-prisida ikkinchi g‘alabasiga erishdi

Bokschimiz WBC Grand-prisida ikkinchi g‘alabasiga erishdi

Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida professional boks bo‘yicha WBC Grand-prisining navbatdagi bosqichi boshlandi.

To‘rtta divizionda tashkil etilayotgan Grand-prining bugungi bellashuvlari doirasida super engil vazn toifasida o‘zbekistonlik charmqo‘lqop ustasi Mujibillo Tursunov ringga ko‘tarildi.

Hamyurtimizga Argentina vakili Alan Ezikel Dutra raqiblik qildi.

Ahamiyatlisi, 6 raundlik bellashuv to‘liq davom etib, yakunda Mujibillo ochkolar hisobiga ko‘ra zafar quchdi. Bu g‘alaba orqali Tursunov WBC Grand-prisining chorak final bosqichi chiptasini qo‘lga kiritdi.

Endilikda Andijonda tug‘ilgan Mujibillo Tursunov hisobida 7 ta jangda qo‘lga kiritilgan 7 ta g‘alaba mavjud. Alan Dutra esa bugun faoliyatidagi 16-jangida ilk bor mag‘lubiyat alamini totib ko‘rdi.

Kiritildi: 18:03 20.06.2025. O'qildi: 931 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!