Nish shahri (Serbiya) mezbonlik qilayotgan boks bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi jahon chempionatida kecha yarim final janglari bo‘lib o‘tdi. To‘rt nafar vatandoshimiz final yo‘llanmasi uchun ringga ko‘tirildi. Unda bir sportchimiz g‘alaba qozongan bo‘lsa, 3 nafar hamyurtimiz mag‘lubiyatga uchradi.
Farzona Fozilova (-48 kg) Jahon chempionatini bronza medali bilan yakunlaydigan bo‘ldi. Bokschimiz yarim final bahsida, hakamlarning qarorlariga ko‘ra, rossiyalik Yuliya Chumgalakovaga mag‘lub bo‘ldi.
Sabina Boboqulova (-50 kg) ham musobaqani uchinchi o‘rinda yakunladi. Vakilamiz xitoylik Xu Meiyiga qarshi bahs olib bordi va imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Feruza Kazakova ham Jahon birinchiligini bronza bilan tugatadigan bo‘ldi. Bokschimiz -52 kg vaznda KXDR vakilasi Pang Chol Miga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Navbahor Hamidova esa finalga yo‘l oldi. Ayollar terma jamoamiz tarix yozishda davom etadi. Hamidova -66 kg vaznda rossiyalik Albina Moldajanovani mag‘lubiyatga uchratib finalga yo‘l oldi.
Boks bo‘yicha ayollar terma jamoamiz tarixida ilk marta sportchimz JCh finalida jang qiladigan bo‘ldi.