Bugun 24 fevral, 2025 yil, dushanba

КИР

Boks. Isroil Madrimov ochkolar hisobiga Ortisga mag‘lub bo‘ldi

Boks. Isroil Madrimov ochkolar hisobiga Ortisga mag‘lub bo‘ldi

Amerikalik Virjil Ortis birinchi o‘rta vazn toifasida WBC yo‘nalishi bo‘yicha vaqtinchalik jahon chempioni unvoni uchun kechgan jangda o‘zbekistonlik Isroil Madrimovni hakamlarning yakdil qarori bilan mag‘lubiyatga uchratdi. Jang Ar-Riyodda bo‘lib o‘tdi.

Uchala hakam ham g‘alabani 26 yoshli amerikalikka berdi - 117:111, 115:113, 115:113.

Ortis 23 ta jangda 23-g‘alabasini qo‘lga kiritdi. 30 yoshli Madrimov faoliyatidagi ikkinchi mag‘lubiyatini qayd etdi - 10 g‘alaba va 1 durang.

Kiritildi: 04:04 23.02.2025. O'qildi: 1091 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!