Bugun 16 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Boks bo‘yicha JCH. Yarim finaldagi ishtirokchilari soni bo‘yicha kim yetakchi?

Boks bo‘yicha JCH. Yarim finaldagi ishtirokchilari soni bo‘yicha kim yetakchi?

Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida boks bo‘yicha Jahon chempionatida bugun yarim final janglari o‘tkaziladi.

Rossiyaning barcha 13 nafar a’zosi ushbu bosqichgacha yetib keldi. O‘zbekiston esa ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egallab turibdi — 9 bokschi.

Qozog‘istonning 6 bokschisi yarim finalda ishtirok etsa, Armaniston 5 sportchi bilan ushbu bosqichda qatnashadi.

Boks bo‘yicha jahon yetakchisi hisoblangan Kubaning bor-yo‘g‘i bir a’zosi yarim finalgacha yetib keldi.

Yarim finalga eng ko‘p bokschi bilan yo‘l olgan terma jamoalar:

Rossiya — 13
O‘zbekiston — 9
Qozog‘iston — 6
Armaniston — 5
Ozarboyjon — 3
Gruziya — 2
Zambiya — 2
Ispaniya — 2
Qirg‘iziston — 2
Tojikiston — 2
Belarus — 1
Kuba — 1
Mali — 1
Moldova — 1
Nepal — 1
Turkmaniston — 1

Kiritildi: 10:12 11.12.2025. O'qildi: 2139 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik