Bugun 14 may, 2026 yil, payshanba

КИР

Boks bo‘yicha JCH. To‘qqiz vakilimiz yarim finalga chiqdi

Boks bo‘yicha JCH. To‘qqiz vakilimiz yarim finalga chiqdi

Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida boks bo‘yicha Jahon chempionati davom etmoqda. Kecha kun davomida 11 nafar bokschilarimiz yarim final uchun ringga ko‘tarildilar.

Ikki nafar vatandoshimiz o‘z ishtirokini chorak finalda yakunladi. Eng yengil vazndagi vakilimiz Shodiyorjon Meliqo‘ziyev ozarboyjonlik raqibiga yutqazib qo‘ygan bo‘lsa, World Boxing yo‘nalishida jahon chempionligini qo‘lga kiritgan Akmaljon Isroilov rossiyalik bokschiga imkoniyatni boy berdi.

-92 kg vaznda To‘rabek Habibullayev kubalik ikki karra Olimpiada chempioni va besh karra Jahon chempioni Xulio La Kruzni 4:1 hisobida mag‘lub etganini e’tirof etish joiz.

Natijalar bilan tanishing:

-48 kg: Shodiyorjon Meliqo‘ziyev - Subxan Mamedov (Ozarbayjon) - 1:4

-54 kg: Asilbek Jalilov - Artur Nagapetyan (Serbiya) - 4:1

-60 kg: Abdumalik Xalokov - Mahammadali Ashiraliyev (Ozarbayjon) - 5:0

-67 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev - Sanatali Toltayev (Qozog‘iston) - 4:1

-75 kg: Fazliddin Erkinboyev - Saidjamshid Jafarov (Ozarbayjon) - 5:0

-86 kg: Akmaljon Isroilov - Sharabutdin Atayev (Rossiya) - 0:5

+92 kg: Arman Maxanov - Alexandro Lopez (Kuba) - 5:0

-51 kg: Hasanboy Do‘smatov - Meroj Sufijonov (Tojikiston) - 5:0

-57 kg: Xo‘janazar Nortojiyev - Jirair Sarisyan (Armaniston) - 4:1

-80 kg: Javohir Ummataliyev - Artyom Ageev (Serbiya) - 5:0

-92 kg: To‘rabek Xabibullayev - Xulio Sezar La Kruz (Kuba) - 4:1.

Kiritildi: 10:10 11.12.2025. O'qildi: 1561 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!