Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Boks bo‘yicha JCH. Final oldidan vazn o‘lchash va face-to-face marosimi o‘tkazildi

Boks bo‘yicha JCH. Final oldidan vazn o‘lchash va face-to-face marosimi o‘tkazildi

Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida erkaklar o‘rtasida o‘tkazilayotgan boks bo‘yicha Jahon chempionati davom etmoqda. Xalqaro boks assosiasiyasi (IBA) tomonidan tashkil etilgan musobaqaning final bosqichida O‘zbekiston terma jamoasining 6 nafar bokschisi — Hasanboy Do‘smatov, Abdumalik Halokov, Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev, Javohir Ummataliyev, To‘rabek Xabibullayev va Arman Maxanov Jahon chempionligi uchun ringga chiqadi.

O‘zbekiston terma jamoasi Jahon chempionatida to‘liq tarkibda (13 nafar bokschi) ishtirok etdi. Finalga yo‘l olgan 6 nafar bokschining barchasi rossiyalik charm qo‘lqop ustalariga qarshi bahs olib boradi.

-51 kg: Hasanboy Do‘smatov — Bair Baltayev (Rossiya)
-60 kg: Abdumalik Halokov— Vsevolod Shumkov (Rossiya)
-67 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev — Yevgeniy Kul (Rossiya)
-80 kg: Javohir Ummataliyev — Jambulat Bijamov (Rossiya)
-92 kg: To‘rabek Habibullayev — Muslim Gajimagomedov (Rossiya)
+92 kg: Arman Maxanov — David Surov (Rossiya)

Bugun o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustalari final oldidan face-to-face hamda vazn o‘lchash marosimida ishtirok etishdi.

Musobaqaning yarim final bosqichida O‘zbekiston terma jamoasining 9 nafar bokschi ringga chiqdi. Ularning 6 nafari g‘alaba qozonib, final yo‘llanmasiga ega chiqqan edi. 2 nafar bokschi mag‘lubiyatga uchradi va bronza medaliga ega chiqdi. Shuningdek, World Boxing tomonidan tashkil etilgan Jahon chempionati g‘olibi Fazliddin Erkinboyev qo‘lidagi jarohati sabab jangda ishtirok eta olmadi. U ham bronza medali bilan taqdirlandi.

IBA Jahon chempionatida 13 ta vazn toifasida janglar tashkil etildi. Finalga Rossiya terma jamoasi eng ko‘p — 12 nafar bokschi bilan yetib keldi. Keyingi o‘rindan O‘zbekiston (6) va Qozog‘iston (4) jamoalari joy olgan.

Rossiya – 12 nafar bokschi
O‘zbekiston – 6 nafar bokschi
Qozog‘iston – 4 nafar bokschi
Ozarbayjon – 1 nafar bokschi
Belarus – 1 nafar bokschi
Qirg‘iz Respublikasi – 1 nafar bokschi
Tojikiston – 1 nafar bokschi

Final janglari, ertaga 13 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 23:41 12.12.2025. O'qildi: 643 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!