Bugun 2 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

BMT Xavfsizlik kengashi tuzilmasi eskirgan va uni isloh qilish zarur

BMT Xavfsizlik kengashi tuzilmasi eskirgan va uni isloh qilish zarur

BMT Xavfsizlik kengashi tuzilmasi eskirgan va uni isloh qilish zarur, dedi Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev Ostona xalqaro forumining yalpi majlisida, deya xabar beradi “Zakon.kz” .

"80 yil avval yaratilgan institusional tuzilma bilan bugungi kun o‘rtasida katta tafovut mavjud. Bu tashkilotga bo‘lgan ishonch va uning samaradorligini yo‘qotadi", - dedi Toqayev.

Toqayevning ta’kidlashicha, faqat bir nechta davlatlar milliardlab odamlar taqdiriga daxldor “eng muhim qarorlar” qabul qiladi.

"Xavfsizlik Kengashi o‘z dolzarbligini saqlab qolish uchun zamonaviy talablarga javob berishi kerak, gigant davlatlar esa tinchlik va xavfsizlikka sodiqligini namoyish etishi kerak. Har bir inson BMT Nizomiga qat’iy rioya qilishi kerak, chunki shundan keyingina tashkilotga a’zo davlatlar BMT nufuziga bo‘lgan ishonchni qayta tiklay oladi", - dedi u.

Ikki kunlik Astana International Forum (AIF2025) bugun boshlandi. Forumning mavzusi “Aqllarni bog‘lash, kelajakni shakllantirish”.

Kiritildi: 21:52 29.05.2025. O'qildi: 557 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!