Nyu-Yorkda o‘tayotgan BMTning Oliy darajadagi siyosiy forumida O‘zbekistonning suv sohasidagi islohotlari yuqori baholandi. UN-Water platformasi 2026 yilda «Toza suv va sanitariya» yo‘nalishida eng katta natijaga erishgan uchta davlatdan biri sifatida O‘zbekistonni e’tirof etdi.
Xususan, O‘zbekistonda suv stress ko‘rsatkichi 2017 yildagi 169 foizdan 2022 yilda 122 foizgacha pasayib, 47 punktga kamaydi.
BMT Taraqqiyot dasturi O‘zbekistonning suv xo‘jaligidagi qisqa muddatli natijalari va innovasiyalarini yuqori baholab, hamkorlikni kengaytirishini bildirdi.
Shuningdek, O‘zbekiston tashabbusi bilan Samarqandda o‘tkaziladigan suv tejash bo‘yicha Butunjahon forumiga BMT maqomini berish va uni global platformaga aylantirish taklifi BMT tomonidan to‘liq qo‘llab-quvvatlandi.