Bugun 24 oktyabr, 2025 yil, juma

КИР

BMT Qirg‘izistonni o‘lim jazosini qayta joriy etmaslikka chaqirdi

BMT Qirg‘izistonni o‘lim jazosini qayta joriy etmaslikka chaqirdi

BMT inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Folker Tyurk Qirg‘iziston hukumatini o‘lim jazosini tiklash rejasidan voz kechishga chaqirdi.

Uning ta’kidlashicha, bu chora jinoyatchilikni kamaytirishga xizmat qilmaydi va inson huquqlariga zid hisoblanadi.

Tyurk Qirg‘izistonni xalqaro majburiyatlariga sodiq qolishga hamda inson hayotini himoya qilish bo‘yicha sa’y-harakatlarni kuchaytirishga chaqirdi.

Kiritildi: 14:20 21.10.2025. O'qildi: 440 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!