BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Fors ko‘rfazidagi harbiy to‘qnashuvning qayta boshlanishidan xavotir bildirib, vaziyatning yanada keskinlashishi Eron va Qo‘shma Shtatlar o‘rtasidagi diplomatik taraqqiyotga putur yetkazishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.
Bu haqda BMT Bosh kotibi vakili Stefan Dujarrikning xabar qildi.
Guterrish to‘liq ko‘lamli harbiy harakatlarga qaytish mintaqa xalqlari, xalqaro tinchlik va xavfsizlik hamda global iqtisodiyot uchun halokatli oqibatlarga olib kelishi haqida ogohlantirdi.
BMT Bosh kotibi barcha tomonlarni maksimal darajada vazmin bo‘lishga, vaziyatning yanada keskinlashishiga yo‘l qo‘ymaslikka, muzokaralarni iloji boricha tezroq qayta boshlashga va mavjud kelishmovchiliklarni diplomatik yo‘l bilan hal qilishga chaqirdi.