Eron Oliy milliy xavfsizlik kengashi kotibi Mohsen Rizoiyning boshqa bayonotlari:
- Bunga Fors ko‘rfaziga chiqish imkoniyatiga ega sakkiz davlat — Ummon, BAA, Saudiya Arabistoni, Qatar, Bahrayn, Quvayt, Iroq va Eron kiradi. Biz ushbu ittifoqni iqtisodiyot va xavfsizlik masalalari, shuningdek, boshqa ko‘plab sohalarda hamkorlik qilish uchun bir maydon sifatida ko‘ramiz.
- Prezident Putin amerikaliklar bilan suhbatlashganini aytib, Islom Respublikasi ag‘darib tashlab bo‘lmaydigan davlat ekanligini ta’kidladi.
- Biz Qo‘shma Shtatlarga zarba berganimizda, faqat Amerika harbiy bazalarini nishonga oldik. Hech bir arab davlati fuqarosi zarar ko‘rmadi. Biz hamkorlikka tayyormiz va birodar hamda do‘st arab xalqlari bilan ishlashga ochiqmiz.
- Bugungi kunda AQSh yoki Yevropada Amerikaning Eronga hujumidan ta’sirlanmagan birorta ham oila qolmadi. Dunyoda shunday iqtisodiy tuzilma yo‘qki (xoh yirik, xoh kichik investorlarga tegishli bo‘lsin), u ushbu hujum oqibatlarini his qilmagan bo‘lsin. Bularning barchasiga sabab — Eron xalqi ko‘rsatgan misli ko‘rilmagan qarshilikdir.
- Agar amerikaliklar xatoga yo‘l qo‘yib, bizga hujum qilsalar, biz faqat yaqin atrofdagi bazalarga zarba berish bilan cheklanib qolmaymiz. Biz Yevropa mamlakatlarida joylashgan AQSh harbiy bazalariga ham zarba bera olamiz. Ular bizning raketalarimiz yetib bora olmaydi deb hisoblagan orollarga ham hujum qilishimiz mumkin. Agar Amerika samolyotlari Eronga zarba berish uchun uzoqdagi biror harbiy bazadan havoga ko‘tarilsa, biz o‘sha bazaga ham zarba beramiz.
- O‘z hududida Amerika harbiy bazalarini joylashtirgan barcha davlatlarga shuni maslahat beramanki, ular AQShning Eronga qarshi harbiy hujumlarida ishtirok etmasinlar. Biz buni hozir aytmoqdamizki, keyinchalik hech qanday bahona qolmasin. Amerika samolyotlari havoga ko‘tarilgan har qanday joy biz uchun tahdid deb hisoblanadi. Bu xalqaro huquq va BMT Nizomiga muvofiq bizning qonuniy huquqimizdir.