Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina havo hujumidan mudofaasini kuchaytirish bo‘yicha hamkorlar bilan kelishuvlarning bir qismi hamon bajarilmagan.
"Bundan tashqari, Starlink'ning harbiy versiyasi Starshield frontning turli qismlarida 130–161 km/soat tezlikda ishlashni to‘xtatmoqda, bu esa logistika va dronlardan foydalanishni qiyinlashtirmoqda", — dedi Ukraina yetakchisi.
Zelenskiy, shuningdek, Rossiyaning so‘nggi zarbalari oqibatida Ukraina hududidagi 28 ta podstansiya va boshqa energetika ob’ektlariga zarar yetkazilganini ma’lum qildi.