Bitcoin'ning narxi tarixda birinchi marta Binance birjasida 100 ming dollardan oshdi. Noyabr oyida AQSh prezidenti saylovlarida Donald Tramp g‘alaba qozongandan so‘ng kriptovalyuta narxi ko‘tarila boshladi. O‘sha paytda narx 68 ming dollar atrofida edi va bir oy ichida bir necha tarixiy rekordni o‘rnatdi.
Bunday o‘sish Trampning kriptovalyuta bozori haqidagi bayonotlari bilan bog‘liq. Xususan, u AQShni “sayyoraning kripto poytaxti”ga aylantirish va Bitcoin zaxirasini to‘plashga va’da bergandi.
Agar kriptovalyuta kelajakni belgilaydigan bo‘lsa, men uning mayning qilinishi, zarb etilishi va ishlab chiqarilishi AQShda bo‘lishini xohlayman, degan edi Tramp.
Noyabr oyida mutaxassislar Trampning bitkoin narxini ko‘tarishdagi alohida xizmatini ta’kidladilar. Sidneydagi ATFX Global bozor tahlilchisi Nik Tvideyl aytishicha, bo‘lajak prezident bu sohani qo‘llab-quvvatlamoqda, kriptovalyutaning o‘zi esa, chamasi, yetarlicha baholanmagandi.
Tramp siyosati boshqa davlatlarning AQShdan o‘zib ketishga urinib, bitkoinlarni sotib olishni boshlash ehtimolini oshirmoqa, deydi Astronaut Capital kripto-valyuta aktivlarini boshqarish kompaniyasi bosh investisiya direktori Metyu Dibb.
Bitcoin narxining oshishi fonida mayning va kriptovalyutalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalarning aksiyalari ham ko‘tarila boshladi.