Bugun 23 yanvar, 2025 yil, payshanba

КИР

Bishkekdan Toshkentga parvozlar yo‘lga qo‘yiladi

Bishkekdan Toshkentga parvozlar yo‘lga qo‘yiladi

Qirg‘izistonning Tez Jet aviakompaniyasi Bishkek—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam yo‘lovchi qatnovlarini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.

Uzbekistan Airports matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, birinchi parvoz 2024 yil 3 sentyabrga belgilangan.

Bishkek—Toshkent—Bishkek yo‘nalishi bo‘yicha qatnovlar haftasiga to‘rt marta — seshanba, chorshanba, juma va shanba kunlari McDonnell Douglas MD-80 (M83) samolyotlarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Tez Jet 2013 yilda tashkil etilgan Qirg‘iziston aviakompaniyasi bo‘lib, “Manas” aeroportida (Bishkek) joylashgan va Qirg‘iziston shaharlariga parvozlarni amalga oshiradi.

Kiritildi: 10:15 11.08.2024. O'qildi: 800 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!