Qozog‘iston Xitoydan Yevropaga ketayotgan 20 ta yuk mashinasining Rossiya chegarasida bojxona blokadasi bilan bog‘liq vaziyat tufayli RFga diplomatik nota yubordi.
Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari Serik Jumangarin deputatlarning “Qozog‘iston yuk mashinalari nega Rossiya chegarasi orqali Yevropaga o‘tkazilmagani” haqidagi savoliga javob berdi.
Jumangarinning aytishicha, Rossiyaning yangi qoidalariga ko‘ra, mamlakat hududi orqali Yevropa Ittifoqi, AQSh va Ukrainaga uchuvchisiz uchish apparatlari, harbiy kiyimlar, generatorlar, akkumulyatorlar va boshqa mahsulotlar eksporti cheklangan.
Jumangarinning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya bu o‘zgarishlar haqida Qozog‘istonni xabardor qilmagan. Qozog‘istonning Moskvadagi elchixonasi muammoni hal qilish uchun Rossiya TIVga nota yuborgan.
Bosh vazir o‘rinbosari Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi qoidalariga ko‘ra, bojxona hududida ushlab turilgan tovarlar deklarantga qaytarilishi kerakligini eslatdi. Yana uning ta’kidlashicha, bu masala kelgusi hafta Olmaotada bo‘lib o‘tadigan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi hukumat rahbarlari kengashi yig‘ilishida ikki tomonlama va ko‘p tomonlama asosda muhokama qilinadi.