Bugun 23 yanvar, 2025 yil, payshanba

КИР

Si Szinpin Putinga qo‘l silkitishdan bosh tortdi?

Si Szinpin Putinga qo‘l silkitishdan bosh tortdi?

Rossiya prezidenti Vladimir Putin seshanba kuni bo‘lib o‘tgan virtual muzokaralar paytida xitoylik hamkasbiga jilmayib qo‘l silkitdi. Ba’zilar ijtimoiy tarmoqlarda Si Szinpin bu ishoraga javob qaytardimi yoki yo‘qmi, degan savolni ko‘tarmoqda.

Kreml ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan uchrashuv videosining tahrirlangan variantini e’lon qildi.

Kreml tomonidan tarqatilgan video yomon tahrirlanganga o‘xshaydi. Unda Si kamera Putinga qaratilishidan oldin qo‘lini ko‘targani ko‘rinadi. Bu videolavha ijtimoiy tarmoqlarda ko‘p sonli kuzatuvchilarga ega bo‘lgan sahifalar tomonidan ulashilmoqda. Ushbu ikki davlat rahbari 2022 yil 24 fevralda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishidan beri yaqin munosabatlarni saqlab kelmoqda. Si Putinning eng yaqin asosiy ittifoqchisi hisoblanadi va Rossiya rahbari ular bir-birlarini do‘st deb atashlarini aytgan.

Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakovning ta’kidlashicha, ikki rahbar seshanba kuni "juda batafsil" muzokaralarni "do‘stona muhitda" o‘tkazgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, ikki tomonlama va xalqaro masalalar atroflicha muhokama qilingan.

Kreml tomonidan e’lon qilingan ularning dastlabki muloqotini ko‘rsatuvchi 8 soniyalik videoda Putin jilmayib, qo‘l silkitgandan so‘ng Si biroz noqulay holatda ko‘rinadi. Si Putinning qo‘l silkitishiga javoban qo‘lini ko‘targani ko‘rinadi, ammo video to‘satdan kesiladi va Rossiya prezidentiga qaytadi.

Ukraina ichki ishlar vazirining sobiq maslahatchisi Anton Gerashchenko, 600 mingdan ortiq kuzatuvchisi bor X (avvalgi Twitter) platformasida, Si Putinning ishorasiga "javob qaytarmaganini" ta’kidladi.

Bir X foydalanuvchisi bu xabarga shunday fikr bildirdi: "Yo‘g‘-e! Si javob bermaganiga ishongim kelmayapti. Ularning munosabatlari tugadi. Putin endi tamom bo‘ldi."

Rossiyaning davlat axborot agentligi RT xuddi shu videoni ulashdi, biroq ularning talqiniga ko‘ra, ikki rahbar video muloqot davomida bir-biriga jilmayib, qo‘l silkitgan.

2023 yil oktyabrda Xitoy davlat ommaviy axborot vositalariga bergan intervyusida Putin: "Si meni do‘sti deb ataydi, men ham uni do‘stim deb atayman", deb aytgan.

Rossiya prezidenti qo‘shimcha qilib aytishicha, "Do‘stingni menga ayt, men senga kim ekaningni aytaman" degan maqol bor ekan. U so‘zida davom etdi: "Shuning uchun, agar men hozir Rais Si Szinpinni maqtasam, o‘zimni noqulay his qilaman - bu o‘zimni maqtayotgandek bo‘ladi. Shuning uchun men xolis bo‘lishga harakat qilaman."

Putin xitoylik hamkasbini "dunyoning tan olingan yetakchilaridan biri" deb ta’riflab, u "joriy vaziyatga qarab shoshilinch qaror qabul qilmasdan, balki vaziyatni baholab, tahlil qilib, kelajakka nazar tashlaydi" dedi.

Odamlar nima deyapti?

Rossiyaning RT davlat axborot agentligi seshanba kuni Xda: "Putin va Si video muloqot paytida bir-biriga tabassum qilib, qo‘l silkitishmoqda."

Ukraina ichki ishlar vazirining sobiq maslahatchisi Anton Gerashchenko Xda shunday dedi: "Putin va Si Szinpin video qo‘ng‘iroq qilishdi. Putin qo‘l siltadi. Si Szinpin bu ishorani qaytarmadi."

Kiritildi: 20:00 22.01.2025. O'qildi: 1865 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!