AQSh prezidenti Donald Tramp agar Ukraina bilan kelishuvga erishmasa, Rossiya va uning ittifoqchilariga sanksiyalar va tariflar bilan tahdid qildi.
Tramp agar Moskva Ukraina bilan urushni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishmasa, Rossiya va uning ittifoqchilariga og‘ir bo‘lishini aytgan.
“Agar biz kelishuvni tezda amalga oshirmasak, Rossiya tomonidan AQShga va boshqa ishtirokchi davlatlarga sotilgan hamma narsaga yuqori soliqlar, bojlar va sanksiyalar kiritishdan boshqa choram qolmaydi”. Bu haqda Tramp o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida yozgan.
Tramp bu tahdid orasida “rus xalqini yaxshi ko‘rishi” va Putin bilan “doimo yaxshi munosabatda bo‘lganligi” haqidagi gaplarni qistirib o‘tgan.
“Bularning barchasi men iqtisodiyoti tanazzulga yuz tutayotgan Rossiyaga va prezident Putinga xayrixoh ekanimni bildiradi. Darhol rozi bo‘ling va bu ahmoqona urushni to‘xtating!" — davom etdi Tramp.