Bugun 22 yanvar, 2025 yil, chorshanba

КИР

Ruslar mitingga chiqdi

Ruslar mitingga chiqdi

Kursk viloyatining Glushkovskiy tumani aholisi vazifani bajaruvchi gubernator Aleksandr Xinshteynga murojaat yozishdi. Ular Ukraina Qurolli Kuchlari (UQK) hududga hujum boshlaganidan beri deyarli yarim yil o‘tganiga qaramay, davlatdan uy-joy olmaganlaridan shikoyat qilishdi va hukumatdan ularning muammolarini tezda hal qilishni talab etishdi.

"Odamlar ko‘chada qolib, noma’lum vaziyatga tushganiga deyarli yarim yil bo‘ldi. Bizning doimiy yashash joyimiz yo‘q, vaqtinchalik yashash joylari va ijaraga olingan kvartiralar bo‘ylab sarson bo‘lishga majburmiz. Bolalarimiz o‘z uylarini unutib qo‘ymoqda. Keksalarimiz vaqtinchalik yashash joylarida davlat karavotlarida jon bermoqda. Ammo shu paytgacha mintaqa rahbarlari bizning aybimizsiz yuzaga kelgan muammolarning tobora ko‘payib borayotganini tan olishni istamayapti. Biz davlatga kerak emasdek tuyuladi va bu masalalarning yechimi ataylab kechiktirilayotganga o‘xshaydi," - deya jamoa murojaatini faollardan biri o‘qib berdi.

Murojaatda aholi Vladimir Putin ilgari Kursk viloyatini moliyalashtirish bilan bog‘liq muammolar yo‘qligini aytganini va "hayotiy muhim masalalarni" hal etish mintaqaviy hokimiyat vakolatiga kirishini ta’kidlaganini eslatdi. "Biroq biz doimo: "Sizlar uchun pul yo‘q," degan gapni eshitamiz. Ko‘plab masalalarimiz yechimini topmayapti. Hokimiyat odamlarni qanday muammolar tashvishga solayotganini bilmaslikka olyapti. Odamlar kutaverib toliqqan. Bizga barcha og‘riqli mavzular bo‘yicha aniq yechimlar zarur," - deya ta’kidladi aholi o‘z murojaatida.

Ular, shuningdek, Aleksandr Xinshteyn bilan "eng qisqa muddatda" shaxsan uchrashishni talab qildilar. "Aleksandr YevseEvich, siz o‘zingiz hokimiyat va xalq o‘rtasida aloqa yo‘qligini aytgan edingiz. Shunday ekan, biz bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotga chiqing. Tashabbuskor guruhlar ortiga yashirinishni bas qiling," - deya chaqiriq qildilar kurskliklar.

Kiritildi: Bugun 05:37. O'qildi: 4287 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!