Bugun 23 yanvar, 2025 yil, payshanba

КИР

Tramp Baydenning yana bir farmonini bekor qildi

Tramp Baydenning yana bir farmonini bekor qildi

Mazkur Farmon G‘arbiy Sohilda zo‘ravonlik harakatlarini sodir etayotgan yahudiy kelgindilariga nisbatan sanksiya joriy etish to‘g‘risida edi.

2024 yilning fevral oyida Jo Bayden 14115-raqamli farmon bilan G‘arbiy Sohilda falastinliklarning o‘limiga sabab bo‘lgan, shuningdek, tinch aholi vakillarini kaltaklab, mol-mulkiga ziyon yetkazgan bir guruh yahudiy ekstremistlariga nisbatan sanksiyalarni kiritgandi. Unga muvofiq, G‘arbiy Sohilda zo‘ravonlik sodir etgan yahudiy ekstremistlariga AQSh viza bermaydi, ularning mablag‘lari muzlatiladi. Qo‘shma Shtatlar fuqarolariga “qora ro‘yxat”dagi shaxslar bilan tijoriy aloqalar olib borish man etilgandi.

The Times of Israel'ning yozishicha, Donald Trampning sanksiyalarni bekor qilishga doir farmonini Isroildagi o‘ta o‘ng qanotga mansub siyosatchilar olqishlashgan va AQShning yangi prezidentiga minnatdorlik bildirishgan.

Falastin rasmiylari esa Trampning bu harakatini qoraladi. "Bu qaror yahudiy kelgindilarini yanada ko‘proq jinoyatga undaydi", deya ta’kidladi Falastin ma’muriyati matbuot kotibi Nabil Abu Rudayna.

Kiritildi: 16:22 22.01.2025. O'qildi: 1483 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!