Buyuk Britaniya hukumat o‘zgarishi tufayli millionerlarning chiqib ketishiga duch keldi. The Times gazetasining xabar berishicha, 2024 yilda mamlakatni 12 nafar milliarder va boyligi 100 million dollardan ortiq bo‘lgan 78 kishi tark etgan.
New World Wealth tahliliy kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yili qirollikni tark etganlar orasida 12 nafar milliarder va boyligi 100 million dollardan oshgan 78 kishi bor. Ularning ko‘pchiligi Shveysariya, Italiya va Birlashgan Arab Amirliklarida o‘rnashgan.
Bu jarayon may oyida keskin tezlashdi. O‘shanda sobiq bosh vazir Rishi Sunak barcha bashoratlarga ko‘ra leyboristlar g‘alaba qozonishi kutilayotgan parlament saylovlari sanasini e’lon qilgan edi. Shundan so‘ng Buyuk Britaniyadan har 45 daqiqada o‘rtacha bitta millioner chiqib ketgan.