Bugun 23 yanvar, 2025 yil, payshanba

КИР

Qirg‘iziston poytaxtini ko‘chirish taklif qilinmoqda

Qirg‘iziston poytaxtini ko‘chirish taklif qilinmoqda

Qirg‘iziston parlamenti yig‘ilishida deputat Baxitbek Maripov poytaxtni boshqa joyga ko‘chirish va vazirlar mahkamasini shu yerda joylashtirishni taklif qildi.

Deputatning fikricha, bu tutun va tirbandlik muammosini hal qilishga yordam beradi.

"Issiqko‘l viloyatida Asman shahri qurilmoqda. Unga 10 milliard dollar sarmoya jalb qilinadi. Bishkekdan temir yo‘lni olib o‘tish uchun esa 550 million dollar kerak bo‘ladi. Aylanma yo‘l qurilishi bilan birga 10 milliard dollardan ortiq mablag‘ talab etiladi", - dedi deputat.

Maripovning fikricha, kabinetni Bishkekdan ko‘chirish transport bilan bog‘liq muammoni hal qiladi.

Kiritildi: 23:24 22.01.2025. O'qildi: 1486 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!