Birozdan so‘ng Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqoti boshlanadi
Tadbirda 500 nafarga yaqin tadbirkor bevosita, ilk bor tumanlardagi studiyalardan yana 25 mingga yaqin biznes vakillari ishtirok etmoqda.
Davlatimiz rahbari tomonidan:
– tadbirkorlik uchun barqaror o‘sish trayektoriyasini ta’minlash,
– hududlarda biznes imkoniyatlarini oshirish,
– “sun’iy intellekt – boshqaruv samaradorligi – yangi investisiyalar” ekotizimini yaratish,
– eksport salohiyatini oshirish, milliy brendlarni tashqi bozorlarga olib chiqish,
– biznesga ma’muriy bosimni keskin kamaytirish yo‘nalishlarida muhim tashabbuslar ilgari surilishi kutilmoqda.