Davlat statistika qo‘mitasi matbuot xizmati O‘zbekistonning turli ma’muriy hududlari kesimida tayyor palov (osh)ning o‘rtacha narxlari haqida ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, eng qimmat osh Samarqandda qayd etilgan. U yerda 2019-yil dekabrda bir porsiya palovning narxi 20 ming so‘m, bir kilogrammi esa 140 ming so‘mdan sotilgan.
Kuzatuv natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston osh markazlarida 1 porsiya va 1 kg palov narxi 2019 yil dekabr oyi uchun quyidagicha bo‘lganligi (so‘mda) aniqlangan:
• Qoraqalpog‘iston Respublikasi 1 porsiya tayyor osh narxi — 12 167 so‘m, 1 kg. osh – 85 ming 169 so‘m.
• Andijon – 1 porsiya – 14 ming, 1 kg. – 98 ming so‘m;
• Buxoro – 1 porsiya – 16 ming so‘m, 1 kg. – 112 ming so‘m;
• Jizzax – 1 porsiya – 15 ming, 1 kg. – 105 ming so‘m;
• Qashqadaryo – 1 porsiya – 15 ming, 1 kg. – 105 ming so‘m;
• Navoiy – 1 porsiya – 12 ming so‘m, 1 kg. – 84 ming so‘m;
• Namangan – 1 porsiya – 10 ming 700 so‘m, 1 kg. – 74 ming 900 so‘m;
• Samarqand – 1 porsiya – 20 ming so‘m, 1 kg. – 140 ming so‘m;
• Surxondaryo – 1 porsiya – 11 ming 667 so‘m, 1 kg. – 81 ming 667 so‘m;
• Sirdaryo – 1 porsiya – 15 ming so‘m, 1 kg. – 105 ming so‘m;
• Toshkent – 1 porsiya – 13 ming 333 so‘m, 1 kg. – 93 ming 331 so‘m;
• Farg‘ona – 1 porsiya – 14 ming so‘m, 1 kg. – 98 ming so‘m;
• Xorazm – 1 porsiya – 14 ming so‘m, 1 kg. – 98 ming so‘m;
• Toshkent shahri – 1 porsiya – 15 ming 400 so‘m, 1 kg. – 107 ming 800 so‘m.
“Ushbu narxlarni belgilashda faqat tanlab olingan Osh markazlaridagi tayyor palov narxlari hisobga olingan. Restoran va choyxonalardagi narxlar bundan mustasno”, deyiladi xabarda.