Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Beruniy tumani bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro E.J. va boshqalar o‘zaro til biriktirib, “T.G.” xususiy korxonasi rahbari D.K.ning ishonchiga kirib, ushbu korxonani MCHJ sifatida o‘zining nomiga 100 foiz yakka ta’sischi va rahbar sifatida qayta ro‘yxatdan o‘tkazishga erishib, tadbirkor D.K.ning to‘yxona binosini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.