G‘arb qo‘shinlarining Ukraina hududida joylashtirilishi Rossiya uchun nomaqbul bo‘lib qolmoqda va ular qonuniy nishonlarga aylanadi.
RF TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova brifingda shunday fikr bildirdi. Uning boshqa muhim bayonotlari:
🔸Ukrainaga yetkazilgan zararni baholash komissiyasi kabi institutlarning qarorlari Rossiya uchun huquqiy jihatdan hech qanday kuchga ega emas
🔸“Ko‘ngillilar koalisiyasi” deb ataluvchi davlatlar inqirozni bartaraf etish o‘rniga, Ukrainani ishg‘ol qilish rejalarini ishlab chiqmoqda.
🔸Rossiya va AQSh o‘rtasidagi munosabatlarni normallashtirish jarayoni oson kechmayapti, biroq Rossiyaning pozisiyasi amaldagi AQSh ma’muriyatida e’tibor bilan qabul qilinmoqda.