Fransiyalik hujumchi Karim Benzema yozda "Lion"ga o‘tishi mumkin edi.
Bu haqda L'Equipe xabar bermoqda.
Klub rahbariyati 38 yoshli forvard variantini ko‘rib chiqqan. Futbolchi hurmat yuzasidan jamoada bepul o‘ynashga ham tayyor edi.
Ammo Benzema boshqa ligalarda o‘ynay olmaydi, chunki u hamon 2030 yilgacha Saudiya Arabistoni chempionati ambassadori bo‘lib qolmoqda.
Futbolchining vakillari bu cheklovni olib tashlash bo‘yicha muzokaralar olib borishdi, ammo muhokamalar boshi berk ko‘chaga kirib qoldi. Benzemaning faoliyatini yakunlash ehtimoli juda yuqori.