«Al Ittihod» hujumchisi Karim Benzema Vinisius «Oltin to‘p»ni olishga munosib bo‘lgani, ammo unga sovrin berilmaganini aytdi.
«France Football» nashri haqida gapirmoqchi emasman... Vinisius mavsum davomida har bir o‘yinda hal qiluvchi muhim rolni o‘ynadi va Chempionlar ligasida g‘olib bo‘ldi. Shuning uchun «Oltin to‘p»ga hech kim undan ko‘ra ko‘proq haqli emasdi.
U faqat eng yaxshi futbolchilar qila oladigan ishni amalga oshirayotganini ko‘rdik. U «Oltin to‘p»ni qo‘lga kirita olmaganida uni qo‘llab-quvvatlab xabar yubordim, chunki bu men uchun qayg‘uli holat edi», – dedi hozirda «Al-Ittihod»da to‘p surayotgan «Real» sobiq hujumchisi Los amigos de Edu dasturida.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yilning eng yaxshi futbolchisi deb France Football talqiniga ko‘ra, «Manchester Siti» yarim himoyachisi Rodri tan olingan, «Real» vingeri Vinisius Junior ikkinchi o‘rinni egallagandi.