Aleksandr Lukashenkoning ta’kidlashicha, Belarus va Ukraina o‘rtasidagi chegarada vaziyat misli ko‘rilmagan darajada keskinlashgan.
"Janubiy chegara, bir yarim ming kilometrlik hudud, har qachongidan ham qattiq yonmoqda. Ba’zi harbiylarga javobim shunday: biz janubiy chegarani kuchaytirilgan tartibda himoya qilishimiz kerakmi yoki yo‘qmi? Javob: ha, kerak. Biz harbiymiz, xalq esa biz ularni himoya qilishimiz uchun o‘z hisobidan boqmoqda", — dedi Belarus prezidenti.
Lukashenko provokasiyalar va Belarusni urushga tortishga urinishlar yomon oqibatlarga olib kelishi mumkinligidan ogohlantirdi. Unga ko‘ra, Belarusga nisbatan tajovuz bo‘lmasa, u Ukrainaga qarshi harbiy harakatlarga aralashmaydi.