AQSh G‘azo bo‘yicha o‘tkaziladigan «Tinchlik kengashi»da ishtirok etish uchun Belarus diplomatlariga viza bermadi, deb xabar qildi respublika Tashqi ishlar vazirligi.
«Barcha zarur bildirishnomalar belgilangan tartibda Amerika protokol xizmatlariga yuborilgan edi... Tomonimizdan barcha talab etilgan proseduralar bajarilganiga qaramay, delegasiyamizga vizalar berilmadi», — deya ma’lum qilgan idora RIA Novosti agentligiga.
Minsk rasmiylari Amerika tomonining ushbu harakatlarini izchillikka zid (qarama-qarshi) deb baholagan.