Professional bokschimiz Bektemir Meliqo‘ziyev kimga qarshi jang qilishning ahamiyati yo‘q ekanligini aytdi.
"Chempionlik jangini istayman, raqib kim bo‘lishidan qat’i nazar!
Qo‘llab-quvvatlagan barchaga rahmat. Bundan keyin ham ishonchingizni oqlayman", - dedi Bektemir Meliqo‘ziyev jangdan so‘ng.
Eslatib o‘tamiz, Bektemir Meliqo‘ziyev bugun Las-Vegasda o‘tkazilgan da’vogarlik jangida amerikalik Daryus Fulgxemni ochkolar evaziga mag‘lub etdi.