Bugun 1 mart, 2026 yil, yakshanba

КИР

Bekobodda IIB xodimi urib yuborgan erkakning jasadi 80 kundan so‘ng topildi

Bekobodda IIB xodimi urib yuborgan erkakning jasadi 80 kundan so‘ng topildi

Bekobod shahrida ichki ishlar xodimi tomonidan mashinada urib yuborilgan va kanalga tashlab yuborilgan 43 yoshli fuqaroning jasadi 80 kundan so‘ng aniqlandi. Bu haqida marhumning yaqinlari ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, 2025 yilning 11 dekabr kuni Bekobod shahar IIB katta tezkor vakili mast holatda avtomashina boshqargan. U fuqaroni urib yuborgach, jasadni “Nexia” avtomobiliga yuklab, hodisa joyidan uzoqroq joyga olib borgan va turmush o‘rtog‘ini chaqirgan.

Ayol “Matiz” avtomobilida kelgan. So‘ngra er-xotin jasadni ikkinchi mashinaga yuklab, hodisa joyidan 35 km uzoqlikdagi Farhod kanaliga tashlab yuborgan.

Shundan so‘ng qidiruv ishlari kanalning jasad tashlab yuborilgan joyidan Sirdaryo daryosigacha bo‘lgan qismida amalga oshirilgan.

Kiritildi: Bugun 11:45. O'qildi: 445 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!