Rizo Pahlaviy eronliklarga murojaat yo‘lladi.
Eronning sobiq valiahd shahzodasi Rizo Pahlaviy Eron xalqiga murojaat qilib, mamlakat uchun hal qiluvchi lahzalar kelganini ta’kidladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh prezidenti va’da qilgan yordam yetib kelgan va bu “gumanitar aralashuv” bo‘lib, u Eron xalqi yoki mamlakatiga emas, balki Islom Respublikasi tuzumi va repressiya apparatiga qarshi qaratilgan.
Pahlaviy murojaatida harbiylar, polisiya va xavfsizlik xodimlariga yuzlanib, ularning qasamyodi Erondagi hukmron rejimni emas, uning xalqini himoya qilishga qaratilganini eslatdi. Pahlaviy kuch tuzilmalarini xalq tomonida turib, barqaror va xavfsiz o‘tish jarayonini ta’minlashga yordam berishga chaqirdi.
Shuningdek, u Xominaiy va uning tuzumiga ishora qilib, rejim bilan birga qolganlar uning “cho‘kayotgan kemasi” bilan birga g‘arq bo‘lishini ta’kidladi.