AQSh prezidenti Donald Tramp Eronga qarshi harbiy operasiya paytida amerikalik harbiy xizmatchilar halok bo‘lishi mumkinligini tan oldi.
Tramp bu haqda bugun Eronda operasiya boshlanishiga bag‘ishlangan videomurojaatda aytgan.
"Jasur amerikalik qahramonlarning hayoti yo‘qolishi mumkin va biz qurbon bo‘lishimiz mumkin. Bu urushda ko‘pincha sodir bo‘ladi", dedi Tramp.
"Ammo biz buni hozircha qilmayapmiz. Biz buni kelajak uchun qilyapmiz", deb qo‘shimcha qildi Tramp.
"Biz amerikaliklar va ularning farzandlari hech qachon yadroviy qurolga ega Eron tomonidan tahdid qilinmasligini ta’minlash uchun o‘z hayotini fidoyilik bilan xavf ostiga qo‘yadigan har bir harbiy xizmatchi uchun ibodat qilamiz", dedi AQSh prezidenti.