Bayden o‘g‘lining vafoti haqidagi shaxsiy yozuvlar sir qolishi uchun Adliya vazirligini sudga berdi – OAV.
Jo Bayden katta o‘g‘li onkologiyadan vafot etganidan keyin, 2016-2017 yillarda memuarlar muallifi bilan qilgan suhbati audioyozuvi chop etilishini taqiqlash maqsadida AQSh Adliya vazirligini sudga berdi. Bu haqda BBC va boshqa ommaviy axborot vositalar xabar bermoqda.
"Da’vogar Jozef Bayden suddan Adliya vazirligi tomonidan ushbu materiallarning kongress qo‘mitasiga oshkor qilinishiga muddatsiz taqiq qo‘yishni so‘raydi", — deyiladi RIA Novosti tanishib chiqqan da’vo arizasida.
Sobiq prezident respublikachilar nazoratidagi Vakillar palatasining Yuridik qo‘mitasi ushbu suhbat yozuvlarini qo‘lga kiritishiga qarshi chiqmoqda.
Demokrat siyosatchining ta’kidlashicha, bu yozuvlar kitob ustida ishlash jarayonining bir qismi bo‘lgan va ko‘pincha nozik masalalarni o‘z ichiga olgan. Bayden 2015 yilda uning katta o‘g‘li Bo onkologiyadan vafot etganini va memuar muallifi bilan bo‘lgan suhbatlarda, jumladan, shu mavzu ham tilga olinganini eslatib o‘tgan.