Bugun 21 sentyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

"Barselona" yulduzi Pedri faoliyatidagi eng qiyin raqibi kim bo‘lganini aytdi

"Barselona" yulduzi Pedri faoliyatidagi eng qiyin raqibi kim bo‘lganini aytdi

"Barselona" yarim himoyachisi Pedri o‘zining eng qiyin raqibi kim ekanini aytdi. Ispaniyalik futbolchi "Liverpul" markaziy himoyachisi va sardori Virjil van Deykni e’tirof etdi.

"Men duch kelgan eng qiyin raqib? Van Deyk. Televizor ekranida u juda katta ko‘rinadi, ammo maydonda u yanada kattaroq va kuchliroq ekan. Yaqinda terma jamoada unga qarshi o‘ynadim - bu himoyachidan o‘tib ketish juda qiyin," - deya Pedrining so‘zlarini keltiradi The Touchline.

Mart oyida Ispaniya va Niderlandiya terma jamoalari Millatlar ligasi chorak finalida ikki marta to‘qnash keldi. Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 5:5 hisobidagi durangdan so‘ng "qizil furiya" penaltilar seriyasida ustun keldi.

Kiritildi: 09:20 20.09.2025. O'qildi: 458 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!