Bugun 17 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

"Barselona" Superliga loyihasidan rasman chiqdi

"Barselona" Superliga loyihasidan rasman chiqdi

"Barselona" hali amalga oshmagan Superliga loyihasidan chiqqanini e’lon qildi. "Mundo Deportivo" nashrining xabar berishicha, Superligadan chiqish klub uchun hech qanday moliyaviy xarajatlarni keltirib chiqarmaydi.

Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, "Barselona" prezidenti Joan Laporta tashkilotchilar bilan Superligadan jarima sanksiyalarisiz chiqish imkoniyati borasida kelishib olgan. Ushbu loyihadan voz kechish "Barselona" uchun UYEFA bilan sezilarli darajada yaqinlashish yo‘lidagi navbatdagi qadam bo‘ldi.

Shunday qilib, Superligada faqat bitta klub — "Real" qoldi. Shu bilan birga, tarqalgan mish-mishlarga ko‘ra, Florentino Peres hamon loyihaga ishonmoqda. Bu loyiha hozirda faqat qog‘ozda mavjud, xolos.

Kiritildi: 23:51 07.02.2026. O'qildi: 1445 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik