Bugun 22 oktyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

«Barselona» prezidenti omma oldida «Real»ni haqorat qildi

«Barselona» prezidenti omma oldida «Real»ni haqorat qildi

«Barselona» prezidenti Joan Laporta «Real» Madrid haqida keskin bayonot berdi. Uning ta’kidlashicha, kataloniyaliklar klubi madridliklar bilan hozir ham, kelajakda ham hech qanday munosabat o‘rnatmoqchi emas. Hatto mavjud vaziyatni oddiy raqobat yoki ochiq qarshilik deb ham atash qiyin.

Laportaga ko‘ra, «Real» butun futbol olamida ishonchni yo‘qotgan. Uning fikricha, bunga sabablardan biri – «Barselona»ga nisbatan «Negreyra ishi» orqali asossiz bosim o‘tkazishga urinishlar.

«Bizning klublar o‘rtasida endi hech qanday munosabat qolmadi. Hatto aytish mumkinki, biz ochiq qarshilik holatidamiz.

Ular «Negreyra ishi» bilan hammaning e’tiborini chalg‘itishga urinishmoqda, aslida u yerda jiddiy narsa yo‘q. Ular butunlay ishonchni yo‘qotishdi. Menimcha, madridliklar katta xatoga yo‘l qo‘yishdi va hozir shuning jazosini to‘lashyapti», – deb ta’kidladi Laporta.

Kiritildi: 17:42 20.10.2026. O'qildi: 860 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!