Bugun 27 fevral, 2026 yil, juma

КИР

“Barselona”ning sobiq futbolchisi do‘konda sotuvchi bo‘lib ishlamoqda

“Barselona”ning sobiq futbolchisi do‘konda sotuvchi bo‘lib ishlamoqda

Bir vaqtlar “Barselona” tarkibida Chempionlar ligasida g‘alaba qozongan, Frasiya terma jamoasi sharafini himoya qilgan, shuningdek “Valensiya”safida ishonchli o‘yinlari bilan tanilgan himoyachi Jeremi Matyo bugun oddiy hayot kechirmoqda.

Fransiyalik sobiq futbolchi yaqinda beIN SPORTS telekanaliga bergan intervyusida ayni paytda Marsel yaqinidagi Intersport do‘konida ishlayotganini ma’lum qildi. U 2020 yilda tizzasidan olgan og‘ir jarohati tufayli faoliyatini yakunlagan edi. So‘nggi klubi Portugaliyaning “Sporting” jamoasi bo‘lgan.

Matyo intervyusida faoliyati tugaganidan keyin og‘ir ruhiy holatni boshdan kechirganini tan olgan.

“Menda ko‘plab muammolar bor edi. Depressiyadan aziyat chekdim. Jamoatchilik e’tiboridan uzoqda juda og‘ir oylarni o‘tkazdim”, – deydi u.

Uning aytishicha, ayni paytda do‘konda ishlashi oddiy qaror emas. Bu shaxsiy va huquqiy muammolar bilan bog‘liq. Matyo bu sud jarayoni bilan bog‘liq ekanini, ammo tafsilotlarni ochiqlay olmasligini bildirgan.

Oddiy sotuvchi bo‘lib ishlayotgan ekanman, bu menda ko‘plab muammolar borligini bildiradi. Lekin bu ish bilan abadiy shug‘ullanmayman. Hozircha faol ijtimoiy hayotga qaytishim uchun bu zarur”, – deydi u.

Sobiq himoyachining aytishicha, unga yoshlikdagi jamoadoshi Loik Loval-Landre yordam qo‘lini cho‘zgan.

O‘tgan yili yozda mijozlardan biri uni peshtaxta ortida tanib qolib, suratini ijtimoiy tarmoqlarga joylagan. Ko‘plab muxlislar do‘konga u bilan suratga tushish uchun kela boshlagan. Yaqinlari esa odamlardan uning shaxsiy hayotiga hurmat bilan qarashni so‘rashgan.

Bir vaqtlar Yevropa stadionlarida minglab muxlislar olqishi ostida o‘ynagan futbolchi bugun shunday sokin hayot kechirmoqda. Shovqin-suronli maydonlar o‘rnini oddiy do‘kon muhiti egallagan. Ammo Matyoning so‘zlariga qaraganda, bu vaqtinchalik bosqich. U hali hayotida yangi sahifa ochishni rejalashtirmoqda.

Kiritildi: Bugun 20:20. O'qildi: 410 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!