Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

"Barselona" markaziy himoyachisi Angliyaga qaytishi mumkin

"Barselona" markaziy himoyachisi Angliyaga qaytishi mumkin

"Barselona" markaziy himoyachisi Andreas Kristensen Angliyaga qaytishi mumkin.

Daniyalik futbolchi avgust oyidan buyon jarohatlar tufayli maydonga tushmayapti. El Nacional nashrining Transfer News Live'ga tayanib bergan ma’lumotiga ko‘ra, "Tottenxem" "Chelsi"ning 28 yoshli sobiq futbolchisi transferi uchun 12,5 mln funt (taxminan 15 mln yevro) to‘lashga tayyor. "Barselona" markaziy himoyachi bo‘yicha takliflarni bajonidil ko‘rib chiqadi.

Andreas Kristensen 2022 yilning yozida erkin agent sifatida Kataloniya klubiga o‘tgan edi. Aprel oyida 29 yoshga to‘ladigan futbolchining shartnomasi 2026 yilning yarmigacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 13:32 18.02.2025. O'qildi: 1128 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!