Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

"Barselona" Levandovski o‘rniga asosiy transfer maqsadini tanladi

"Barselona" Levandovski o‘rniga asosiy transfer maqsadini tanladi

Kelayotgan mavsum Robert Levandovski uchun "Barselona"dagi so‘nggisi bo‘ladi.

"Ko‘k-anorranglilar" rahbariyati polshalik hujumchi bilan 2026 yilning yarmigacha mo‘ljallangan amaldagi shartnomasi yakunlangach xayrlashishni rejalashtirmoqda. Diario Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra "Barselona"da Levandovskining o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan futbolchi Madridning "Atletiko" klubidan Xulian Alvares hisoblanadi. Argentinalik futbolchi kataloniyalik grandning transfer bozoridagi ilk tanlovi hisoblanadi.

"Matraschilar"ning 25 yoshli hujumchisi Transfermarkt portali tomonidan 100 mln yevroga baholanmoqda. Futbolchining madridliklar bilan shartnomasi 2030 yilga qadar amal qiladi.

Kiritildi: 15:36 22.06.2025. O'qildi: 1048 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!