"Barselona" o‘zining rasmiy saytida himoyachi Andreas Kristensen olgan jarohat haqida ma’lumot joylashtirdi. Shanba kungi mashg‘ulotlarda tizzasini muvaffaqiyatsiz burish natijasida daniyalik jarohat oldi.
Kristensenda chap tizzaning oldingi xochsimon bog‘lami qisman uzilganligi aniqlandi. Qizig‘i shundaki, futbolchi operasiya qilinmaydi - o‘tkazilgan tekshiruvlardan so‘ng konservativ davolash kursi tanlangan.
Andreas Kristensenning tiklanish muddati uning reabilitasiyasi dinamikasiga bog‘liq bo‘ladi. Darvoqe, 29 yoshli daniyalikning amaldagi shartnomasi 2025/2026 yilgi mavsum yakuniga qadar mo‘ljallangan.