Bugun 14 fevral, 2026 yil, shanba

КИР

"Barselona"da yangi tartib: Dro Fernandesning "PSJ"ga o‘tib ketgani klubni keskin choralar ko‘rishga majbur qildi

"Barselona"da yangi tartib: Dro Fernandesning "PSJ"ga o‘tib ketgani klubni keskin choralar ko‘rishga majbur qildi

Yanvar oyida Dro Fernandes "Barselona"ni tark etib, "PSJ"ga ko‘chib o‘tdi. Fransuz grandi 18 yoshli istiqbolli futbolchini uning shartnomasidagi tegishli tovon puli bandidan foydalanib, atigi 8 million yevro evaziga qo‘lga kiritdi.

"RAC1" nashrining xabar berishicha, Kataloniya klubi kelgusida bunday holatlar takrorlanishini istamayapti, shu sababli tovon puli miqdorini boshqacha shakllantiradi: 19 yoshgacha bo‘lgan jamoada o‘ynagan futbolchilar uchun — 6 million yevro; dublda debyut qilganlar uchun — 8 million yevro; asosiy jamoada loaqal bir marta maydonga tushgan har bir o‘yinchi uchun esa — 100 million yevro.

Dro Fernandes Parijga ketishdan oldin "ko‘k-anorranglilar"ning asosiy tarkibida beshta o‘yin o‘tkazishga ulgurgan edi.

Kiritildi: Bugun 16:18. O'qildi: 293 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!