Bugun 23 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

"Barselona" chempionlik uchun qancha mukofot puli to‘lashi ma’lum bo‘ldi

"Barselona" chempionlik uchun qancha mukofot puli to‘lashi ma’lum bo‘ldi

"Barselona" o‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra, chempionlik uchun 28 mln yevro mukofot puli to‘laydi.

Bu haqda "Barselona" prezidenti Joan Laporta klub hodimlari bilan kechki ziyofatda ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, klubning barcha ishchilari maoshining ikki baravari miqdorida qo‘shimcha bonus pullariga ega bo‘ladi. Bunga jamoaning mamlakat kubogi va chempionatida g‘olib bo‘lgani sabab.

Xans-Diter Flik boshchiligidagi murabbiylar shtabiga 20 ming yevrodan to‘lanadi. Futbolchilarga esa 1,25 mln yevrodan taqdim qilinadi.

Shu orqali futbolchilarga to‘lanadigan pullar 25 mln yevroni tashkil qilsa, yana 3 mln yevro murabbiylar shtabiga bo‘lib beriladi.

Kiritildi: 23:22 21.06.2025. O'qildi: 540 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!