Bugun 5 fevral, 2025 yil, chorshanba

КИР

«Barselona» bosh murabbiyi 2024 yilda jamoani maydondan boshqarmaydi

«Barselona» bosh murabbiyi 2024 yilda jamoani maydondan boshqarmaydi

«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik La Liga doirasida «Betis»ga qarshi o‘yinda hakamlikdan shikoyat qilgani uchun qizil kartochka oldi. Nemis murabbiyi ikki o‘yinga diskvalifikasiya qilindi, biroq klub apellyasiya berdi. «Mundo Deportivo» xabariga ko‘ra, apellyasiya rad etilgan.

Shuning uchun Flik «Barselona»ning 2024 yildagi qolgan ikkala o‘yinini ham o‘tkazib yuboradi - «Leganes» (15 dekabr) va «Atletiko Madrid» (21 dekabr).

Flik 4 yanvarga belgilangan «Barbastro»ga qarshi Ispaniya kubogi o‘yinida murabbiylar o‘rindig‘iga qaytishi mumkin.

Kiritildi: 18:54 13.12.2024. O'qildi: 1189 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!