Bugun 30 mart, 2025 yil, yakshanba

КИР

"Barsa" zo‘r hujumchi bo‘yicha kelishib olgan, biroq...

"Barsa" zo‘r hujumchi bo‘yicha kelishib olgan, biroq...

"Barselona" prezidenti Joan Laporta va Kataloniya klubi sport direktori Deku "Nyukasl" hujumchisi Aleksandr Isakni o‘z safiga qo‘shib olish borasida to‘liq kelishib olishgan. Bu haqda Sport.es xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, o‘tgan yilning oxirida "Barselona" va Isakning agenti o‘rtasida yagona uchrashuv bo‘lib o‘tgan va unda ispaniyalik grand shvesiyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi ekanini ma’lum qilgan. Deku ushbu transferni amalga oshirish bo‘yicha ish olib borishini ta’kidladi.

Biroq, "Barselona" Isakni sotib olish uchun pulni bo‘shatish uchun amaldagi futbolchilarni sotishi kerak. Klub ro‘yxatdan o‘tishda qiyinchiliklarga duch kelgan yarim himoyachi Daniel Olmo bilan bog‘liq vaziyat takrorlanishini istamayapti. Kelasi yozda sotilishi mumkin bo‘lgan eng katta da’vogar himoyachi Ronald Arauxo bo‘lib turibdi, ammo klubni boshqa futbolchilar ham tark etishi mumkin.

Kiritildi: 17:05 23.03.2025. O'qildi: 717 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!